23:13 / 07.08.2016
5971

Rio-2016. Denis Istomin David Ferrerga yutqazib, musobaqani tark etdi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining tennis musobaqasidagi o‘zbekistonlik sportchi Denis Istomin ortga qaytadigan bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan Denis Istomin dastlabki uchrashuvida yettinchi raqamda saralangan ispaniyalik David Ferrerga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvda Istomin raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Uchrashuv 6:2, 6:1 hisobida ispaniyalik tennischi foydasiga hal bo‘ldi.

Top