17:05 / 07.08.2016
8047

Rio-2016 vaqtida baydarkachiga urilib ketgan divanning ijtimoiy tarmoqda akkaunti paydo bo‘ldi

6 avgust kuni Rio-de-Janeyrodagi 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha musobaqa ishtirokchilaridan biri mashg‘ulotlar chog‘ida suvga g‘arq bo‘lgan divanga urilib, ag‘darilib ketgandi. 

Shu voqeadan so‘ng, "Qotil-divanlar" va "torpedo-divanlar" kun mavzusiga aylandi. 

Jurnalistlardan biri tvitterda ushbu divan uchun maxsus akkaunt ham ochgan. Bu akkauntdan yumoristik ruhdagi postlar yozilmoqda.

"Meni ruslar yasashgan, ularga yordam berishim kerak", deyilgan tvitlardan birida.

Top