06:22 / 07.08.2016
15267

Riodan yana bir yangilik! Stol tennisi bo‘yicha sportchimiz g‘alabasi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida yana bir sportchimiz bahslarni g‘alaba bilan boshladi. 

Stol tennisi bo‘yicha o‘zbekistonlik erkaklar orasida birinchi bo‘lib Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan Zohidjon Kenjayev saralash bosqichining ilk uchrashuvida zafar quchib, Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki g‘alabaga erishdi. 

Chexiyalik Lyubomir Jancharik bilan kechgan bahsda 4:2 (8:11, 11:2, 13:11, 11:6, 8:11, 11:9) hisobida zafar quchgan Zohidjon ikkinchi bosqichga chiqdi.

Mavzuga oid
Top