10:02 / 08.08.2016
7318

AQSh terma jamoasi yulduzi Felps 19 karra Olimpiya chempioniga aylandi 

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps 19 karra Olimpiya chempioniga aylandi.

Riodagi Olimpiadada AQSh terma jamoasi bayroqdori bo‘lgan Felps musobaqalarning ikkinchi kunida krol usulida 4x100 metr estafetada AQSh terma jamoasi tarkibida g‘alabaga erishdi.  

Kumush medal Fransiya, bronza medal Avstraliya vakillariga nasib qildi.

Endi Olimpiada tarixida eng ko‘p medal qo‘lga kiritgan sportchining hisobida 23 ta olimpiya oltin medali bor va bu mutlaq rekord hisoblanadi. Amerikalik sportchi birinchi oltin medalini 2004 yilgi Afinadagi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgandi.

 

Top