09:58 / 08.08.2016
5027

Amerika natsistlari yetakchisi Trampni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Foto: buzzfeed.com

Amerika natsistlar partiyasi yetakchisi Rokki Suxayda AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda BuzzFeed yozmoqda.

Suxaydaning ma'lum qilishicha, Trampning g‘alabasi “oq natsistlarga o‘xshash odamlar uchun juda yaxshi imkoniyat hozirlaydi”.
Uning ta'kidlashicha, Donaldning g‘alabasi “raqiblarni hayron qoldirmoqda”, chunki, “ular oq tanli ishchilar sinfi mag‘lub bo‘layotganini his etishmoqda”.

Top