19:03 / 08.08.2016
7212

Yangi iPhone'dan nima kutish mumkin

Apple korporatsiyasi kelasi oyda iPhone 6S va iPhone 6S Plus qurilmalarining keng imkoniyatlarga ega "davomchisi"ni taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, yangi devays o‘zining ikki kamerali tizimi va bosim kuchi orqali ta'sir ko‘rsatiluvchi zamonaviylashtirilgan "uy" tugmasi bilan ajralib turadi, shuningdek unda quloqchinlarni ulaydigan darcha yo‘q. Telefonlar tashqi ko‘rinishidan 6S va 6S Plus'ga o‘xshash. 

Yangi qurilmalar "ikkilamchi kamera" hisobiga yanada tiniq va yorqin suratga olish imkonini beradi, u bir paytning o‘zida ikkita suratni olib, so‘ng ularni birlashtirish va uyg‘unlashtirish yo‘li bilan sifatli kadrni taqdim qiladi.

Shuningdek Apple foydalanuvchilariga "uy" tugmasining kengaytirilgan funksionali taklif qilinadi, u dasturlarni yanada samarali boshqarishga imkon yaratadi. 

Telefonlarning yangi modellari yangi iOS 10 operatsion tizimida ishlay boshlaydi, u avvalgilariga nisbatan interaktiv vidjyetlar, xabarlar almashinuvining yangi vositalari, shuningdek "aqlli maishiy texnika"ni boshqarish uchun ilovalar bilan to‘ldirilgan. Yangi operatsion tizim iPhone'ning "ba'zi eski modellari"da ham ishlaydi, biroq maqolada iOS 10'ning aynan qanday modellarga to‘g‘ri kelishi haqida ma'lumot berilmagan.

 

Top