12:25 / 08.08.2016
6361

Yaponiya imperatori o‘z vazifasini bajarishga qiynalmoqda

Yaponiya imperatori Akixito o‘z fuqarolariga videomurojaat qilib, yaqin orada, keksaligi tufayli o‘z majburyatlarini ado etishga qiynalib qolishi mumkinligini aytgan. 

Uning murojaati aks etgan videoyozuvni NHK telekanali efirga uzatgan.

«80 yoshdan oshdim... va o‘ylashimcha men jismonan keksaydim shu bois, Yaponiyaning timsoli vazifasini ham jismonan va ruhan boshqarishim mushkul vazifaga aylanib qolishi mumkinligidan xavotirdaman», — degan imperator.

Avvalroq, NHK telekanali xabar qilganidek, 8-avgust kuni Yaponiya imperatorining videomurojaati e'lon qilinishi kutilgan edi. Akixito o‘z yaqinlarini taxtni vorisiga berish niyatidan ogohlantirgandi. 

Yaponiya imperatori hech qanday siyosiy kuchga ega bo‘lmay, shunchaki mamlakat birligining timsoli hisoblanadi.

Top