10:27 / 08.08.2016
15029

Dunyoning eng baland suvli attraksionida kongressmenning o‘g‘li halok bo‘ldi

Foto: AP

Dunyoning eng baland suvli tepaligida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli 12 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Fox News.

Xabarlarga ko‘ra, fojia Kanzas-Sitidagi ochiq akvaparkda sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari tergov ishlari olib borilayotgani tufayli voqea tafsilotlarini oshkor qilmayapti. Shu boisdan, akvapark vaqtincha yopib qo‘yilgan. 

Baxtsiz hodisa, o‘z turida jahondagi eng baland attraksion sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan Verrückt ("Ferryukt", nemischadan tarjima qilinganda - "aqldan ozgan" ma'nosini bildiradi) tepaligida yuz bergan. Balandligi 50 metrlar atrofidagi ushbu tepalikdan soatiga 100 kmdan ortiq tezlikda pastga sho‘ng‘ish mumkin.

Top