21:13 / 08.08.2016
4327

Livan prezidenti saylovlari 42-marotaba ko‘chirildi

Livan parlamenti 8 avgustda mamlakat prezidentini yana saylay olmadi. Naharnet axborot portalining ma'lum qilishicha, parlament spikeri Nabix Berri prezident saylovini yetarlicha deputatlar yig‘ilmagani sababli 42-marotaba boshqa sanaga ko‘chirdi. Deputatlar palatasining keyingi yig‘ilishi 7 sentabrda bo‘lib o‘tadi.      

Ovoz berish jarayoni boshlanishi uchun Plyas d’Etual saroyida 128 deputatdan kamida 86 nafari yig‘ilishi kerak edi. Biroq zalda ikki marta kamroq deputat yig‘ilgan.

Livan prezidenti lavozimi sobiq prezident Mishel Sulaymon Baabdedagi prezidentlik saroyini 2014 yil 25 mayda tark etgandan beri bo‘sh qolmoqda. Livan diniy tuzilishiga ko‘ra, mamlakat prezidenti mahalliy nasroniylar orasida ko‘pchilikni tashkil qiuvchi maroniylar jamoasi orasidan tanlanishi kerak.

Deputatlar hanuzgacha musulmonlar va nasroniylar partiyalarini qanoatlantiradigan prezident shaxsi bo‘yicha kelisha olmayaptilar. 

5 sentabrga asosiy parlament fraksiyalari o‘rtasida navbatdagi suhbat o‘tkazilishi belgilangan. 8 avgustda Livan bosh vaziri Tamam Salom davra suhbati ishtirokchilari murosaga kelib, bo‘lg‘usi prezident nomini aytishlariga umid bildirdi. "Mamlakatdagi siyosiy tanglikdan chiqish davlat rahbarini saylashdan boshlanishi lozim", deb aytdi Salom.

Top