19:22 / 08.08.2016
5675

OAV: Misrda valyuta ayirboshlash shaxobchalarining yarmi yopildi

Misr Markaziy banki mamlakat valyuta ayirboshlash qonunchiligini buzgani uchun yana beshta xorijiy valyutalarni almashtirish puntlari faoliyatiga chek qo‘ydi. Shunday qilib, mamlakatdagi mavjud valyuta ayirboshlash shaxobchalarning teng yarmi litsenziyasidan mahrum etildi, deb xabar qiladi Ahram online axborot portali.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, shu paytga qadar mamlakatda 94ta rasmiy valyuta ayirboshlash punkti faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda, ularning 47tasiga berilgan litsenziya qaytarib olingan, shundan 26tasi butunlay yopilgan. Qolganlari 6 oydan 12 oygacha faoliyat ko‘rsata olmaydi. 

Xabarlarga ko‘ra, iyun oyida Misr Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank raisiga, qonunbuzarlik qayd etilgan holatda har qanday almashtiruv punktining litsenziyasini bir yilgacha qaytarib olish va 1 milliondan 5 milliongacha Misr funtida jarima solish vakolatini bergan edi.

Top