16:22 / 08.08.2016
9556

“OLED – buni ko‘rmasang bo‘lmaydi!”

Foto: LG

Kinorejissyor Frensis Koppolla LG OLED TV haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi

Kinorejissyor Frensis Ford Koppola to‘q rangli, belgili tasvirlar haqida yaxshi ma'lumotga ega. Kinoteatrlarda original Technicolor uskunalari yetishmayotgan bir vaqtda OLED televizorlari tim qora kinematografik sahnalar uchun ayni muddao. 
Bu OLED’ga bo‘lgan qiziqishi LG kompaniyasining spikeriga aylantirgan 77 yoshli rejissyor mazkur texnologiyaga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. LG – bunday yuqori sifatli ekranga ega televizorlarni yaratuvchi yagona ishlab chiqaruvchi. 
 «Men uchun – bu yorqin, haqqoniy va tiniq tasvirlarning tiklanishi. Mazkur texnologiya tufayli qora rangdan boshlab to oq ranggacha ranglar spektri nazorat ostida bo‘ladi», - dedi u USA Today nashriga bergan intervyusida.    
Koppolaning «Don Karleone», «Cho‘qintirgan ota» filmlari to‘q rangli sahnalarga boy. «Apokalipsis hozir» filmida Martin Shin (kapitan Uillard rolida) daryodagi tim qora suvdan chiqib keladi. Brem Stokerning «Drakula»sida esa ajin bosgan qonxo‘r vampir (Geri Oldman) britva lezviyasidan qip-qizil qonni yalaydi. 
Koppolaning aytishicha, «Cho‘qintirgan ota» filmi ssenariynavisi – «Zulmat shahzodasi» laqabini olgan Gordon Uillis «filmning to‘q ranglarda olinishi borasida tavakkalga qo‘l urgan». «U filmni shunday tasvirga olganki, kadrlar deyarli ekspozitsiyasiz bo‘lgan, lekin u ishining uddasidan chiqib, ularni juda chiroyli suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Filmni LG’ning OLED televizorlari ekranida tomosha qilsangiz, Siz haqiqatdan ham yorqin qora tuslarni qora fonda ko‘rasiz».
Agar OLED’ga mehr qo‘ygan bo‘lsangiz, u holda faqat LG Sizlarga bunday imkoniyatni tuhfa qiladi. Biroq OLED displeylarini ishlab chiqarish katta xarajat talab qiladi. Raqobat yo‘q bo‘lgan hollarda OLED displeyning narxlari nisbatan keng tarqalgan LCD displeylardan ancha yuqori bo‘ladi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar ham bozorga OLED displeylarni olib chiqishni rejalashtirishgan, lekin uni amalga oshirishmagan. 
Ular USA Today’ga bergan intervyularida tadqiqot o‘tkazishda davom etishayotgani va televizion ekran texnologiyalari borasidagi yangi imkoniyatlar uchun ochiq ekanliklarini ma'lum qilishgan. Ularning bildirishicha, noorganik kvant nuqtali panellar iste'molchilar uchun eng yaxshi tanlov hisoblanadi. 
Koppola olti yil avval Hollivud kinostudiyasidagi yozuv stolining ustida kichik OLED displeyini ko‘rib qolganidan buyon LG kompaniyasi nomidan matbuot-konferensiyasi o‘tkazib, o‘zining taassurotlari bilan bo‘lishadi. “Harakatlanishini hisobga olmaganda, bu mohirona chop qilingan suratdek ko‘rinardi”, - dedi u. 
U paytlar hattoki 20 dyuymli hajmga ega displey ham juda qimmat – taxminan 20 000 dollarni tashkil qilgan va u keng ommaga mo‘ljallanmagan bo‘lgan. Koppola displeylar uchun yorug‘lik talab qilmaydigan ultrayupqa organik tasmalar yaratuvchi texnologiyani kuzatishda davom etadi.
LCD va LED displeylardan farqli o‘laroq, OLED displeyi undan elektr toki o‘tayotganda o‘z yorug‘ligini o‘zi yaratadi. Ushbu organik texnologiya boshqa tasvirlash usullariga nisbatan haqqoniy tasvirlarni yetkazib beradi. 
LG o‘zining 55 va 65 dyuymli 4KOLED televizorlari sotuvini yo‘lga qo‘ygandan keyin «Oskar» mukofotining to‘rt karra sohibi 2015 yilda ikkita shunday displey xarid qildi. 
«Men ularning narxini so‘ramaganman (u paytlar 5500 va 7000 dollar), men ularni darhol buyurtma qilganman», - dedi u. Shundan so‘ng Koppola bunday yassi ekran bor yo yo‘qligini bilish uchun LG kompaniyasining marketing bo‘limi bilan bog‘langan. 
Shu tariqa Koppola LG matbuot spikeri rolida ishtirok etishga rozilik bergan – u bu rolni pul uchun ijro etmasligini bildirdi, chunki rejissyorning aytishicha, “men bu texnologiyaga juda qiziqib qolganman va uni qo‘llashni sevaman”. 
LG unga uy uchun bir nechta yassi ekranli OLED 4K televizorlarini taqdim qildi. O‘z navbatida Koppola OLED haqida video tasvirga olib, USA Today’ga intervyu berishga rozi bo‘lgan.  
Koppolaning aytishicha, u bir haftada 20 ta filmni tomosha qiladi – u dolzarb filmlar yaratish uchun talabga ko‘ra videolar oqimini tomosha qiladi. 
«Mijoz oqimli servislar orqali videoni uyda ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi, buning uchun aksariyati qiziqtirmaydigan 150 kabel  stansiyasiga ulanishga hojat qolmaydi», - dedi u. «Biz yangi davrda yashayapmiz va bu iste'molchi talabini birinchi o‘ringa qo‘yadi».
«Men uchun bu - yorqin, haqqoniy va tiniq tasvirlar taqdim etilgan estetikaning tiklanishi, zero ushbu texnologiya sharofati bilan qoradan oqqacha bo‘lgan ranglar spektri nazorat ostida bo‘ladi».

Frensis Ford Koppola.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top