11:25 / 08.08.2016
6141

Pokistonning Kvetta shahrida portlash yuz berishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Kamida 30 kishi Pokistonning Kvetta shahridagi portlash oqibatida halok bo‘ldi. Dunya News telekanalidagi xabarga ko‘ra, bu hodisa oqibatida yana kamida 50 kishi jarohatlangan.

Portlash dushunba kuni ertalab, Belujiston advokatlari assotsiatsiyasining sobiq rahbari Bilol Anvar Kasining o‘ldirilishidan keyin ro‘y bergan. Uning jasadi shifoxonaga olib borilgandi. Uni ko‘rish uchun hamkasblari va OAV vakillari kelishganida portlash sodir bo‘lgan. Portlash tufayli halok bo‘lganlar orasida 1 jurnalist bor, yana bir qancha jurnalist jiddiy shikastlangan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, portlashdan keyin o‘t ochilgan. Xavfsizlik xizmatlari xodimlari hududni o‘rab olishgan.

Top