Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashg‘ulotlarni boshladi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi muddatidan 3 kun oldin mashg‘ulotlarga kirishgan. Xabarda aytilishicha, Ronaldu chap oyog‘i tizzasidagi jarohatidan tezroq tuzalishni istamoqda.
Bundan oldinroq «Qirollik klubi» ustozi Zinedin Zidan Ronaldu tez orada qaytishi, lekin u UYeFA Superkubogi finalida «Sevilya»ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha olmasligini taxmin qilgandi.
UYeFA Superkubogi finali 9 avgust kuni Norvegiyaning Tronxeym shahrida o‘tkaziladi.
Manba: Tribuna.uz