00:07 / 08.08.2016
10809

"O‘zbekiston havo yo‘llari"ning Pulkovo aeroportiga favqulodda qo‘ngan samolyoti yaqin kunlarda havoga ko‘tarilmaydi

Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportiga favqulodda qo‘ngan, Peterburgdan Farg‘onaga reys amalga oshirayotgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotining parvozi bir kunga qoldirildi, deb xabar bermoqda "Radio Baltika".

Aeroport matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, parvozdan keyin aeroportga qaytib kelgan samolyot ko‘rikdan o‘tkaziladi.

"Yaqin kunlarda samolyot parvoz qilmaydi. Reysning qancha muddatga ushlanishi haqida aniq ma'lumot yaqin orada paydo bo‘ladi", deb aytildi aeroportda.

Shuningdek, ta'kidlanishicha, ayni vaqtda zaxira samolyotini taqdim qilish qarori qabul qilinmagan. Samolyotning barcha yo‘lovchilari sterillik hududida qolmoqda.  

Agar 5 soat ichida zaxira samolyoti berilmasa, yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi. 

7 avgustda samolyot dvigateli ishlamay qolgani sababli Pulkovo aeroportiga parvozidan keyin qaytib kelgan. U aeroportga qo‘nishdan avval yonilg‘isini sarflab yuborish uchun 9 ta aylana sodir etgan. Samolyotda 180 ga yaqin kishi bo‘lgan. Tergovchilar voqea tafsilotlarini tekshirishmoqda.

Top