13:15 / 09.08.2016
6659

Neft bozorida pasayish kuzatilmoqda

© RIA Novosti

Jahon neft bozori yilning ikkinchi yarmida qora oltinga bo‘lgan talab ko‘tarilishi va OPeK mamlakatlarining neft qazib olishni cheklash bo‘yicha kelishuvga erishishi umidida birmuncha ko‘tarilgach, yana pasaya boshladi. 

9-avgustdan sarmoyadorlar OPeKning sentabr oyida bo‘lajak norasmiy muzokaralari, neft bozoridagi shundog‘am yuqori taklifni kamaytira olarmikan?, degan fikrni muhokama qila boshlashdi. 

Shunga ko‘ra, Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining oktabr oyi fyuchersi 39 sent (0,86 foiz)ga arzonlashib – bir barreli 45 dollardan sotilgan. 8-avgust kungi savdolarda uning qiymati 2,5 foizga ko‘tarilgan edi. 

Nyu-york tovar xom-ashyo birjasi (NYMEX)da WTI nefti sentabr oyi  fyuchersi elektron savdolarida 37 sent (0,86 foiz)ga arzonlashib – bir barreli 42,65 dollargacha tushgan. Dushanba kungi savdolarda WTI nefti 2,9 foizga qimmatlashgan edi.

Top