19:48 / 09.08.2016
7349

Rio-2016. Shahzod Sobirov «ippon» bilan keyingi bosqichga chiqdi

Rio-de-Janeyro Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha 81 kg.gacha bo‘lgan vaznda ishtirok etayotgan Shahzodbek Sobirov 1/16 final bosqichida g‘alabani rasmiylashtirdi. 

U Fiji orollaridan tashrif buyurgan Josateki Nauluni «ippon» bahosi bilan mag‘lub etdi. Qayd etish kerakki, bahs boshida Naulu «yuko» ishlashga muvaffaq bo‘lgandi. 

O‘zbekistonlik sportchiga keyingi bosqichda amerikalik Traves Stivens raqiblik qiladi.

Top