18:26 / 09.08.2016
3381

Slovakiya kompaniyasi O‘zbekistondagi Bolalar tayanch -harakat tizimi reabilitatsiya markazini bepul jihozlaydi

Slovakiyaning Synecta kompaniyasi Toshkent viloyatida joylashgan Respublika Bolalar tayanch-harakat tizimi reabilitatsiya markaziga bepul jihozlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Slovakiya kompaniyasi 200 o‘ringa ega bo‘lgan davolash-diagnostika markaziga qiymati 7 mln dollar bo‘lgan kerakli tibbiyot texnikasini yetkizib beradi. Umumiy qiymati 20 mln bo‘lgan yangi korpus qurilishi loyihasi 2017 yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Respublika Bolalar tayanch-harakat tizimi reabilitatsiya markazi 2009 yilda Respublika bolalar Poliomelit kasalxonasi asosida tashkil qilingan edi. 100 o‘ringa ega bo‘lgan ifoxona, bugungi kunda O‘zbekistonning barcha hududlaridan bolalarni qabul qilmoqda. Markazga har kuni mingga yaqin bolalar murojaat qiladi.

Top