17:20 / 09.08.2016
3928

O‘rta Yer dengizida 44 nafar qochqin cho‘kib ketdi

8 avgust kuni O‘rtaye Yer dengizida 44 nafar qochqin va muhojir cho‘kib ketdi. Ular Yevropa qirg‘oqlariga borishni maqsad qilishgan edi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti xabar bermoqda.

8 avgust kuni tashkilot bergan ma'lumotga ko‘ra, O‘rta Yer dengizida 3176 nafar qochqin va muhojir halok bo‘lgan yoki izsiz yo‘qolgan. Bu o‘tgan haftaga qaraganda 44 kishiga ko‘p deganidir.

Joriy yilda qochqin va muhojirlarning umumiy miqdori 263 ming 636 kishini tashkil qilmoqda.

Top