18:02 / 10.08.2016
5467

Haykaltarosh Ernst Neizvestnyy olamdan o‘tdi

Taniqli haykaltarosh Ernst Neizvestnyy Nyu-Yorkda 92 yoshida hayotni tark etdi. Bu haqda jurnalist Oleg Sulkinga asoslanib, mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.

"Ernst Neizvestnyy vafot etdi. Men hozir hech narsa deya olmayman, ko‘zimdan yosh tinmay quyilmoqda. Esankiraganman. Dilim xufton. Bu o‘zgacha insonning dunyoni tark etishi nainki rus madaniyati uchun, balki dunyo san'ati uchun katta yo‘qotishdir", — deya yozgan Sulkin Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Ernst Neizvestnyy 1925 yilning 9 aprelida Sverdlovskda (o‘sha vaqtdagi nomi Yekaterinburg) tug‘ilgan. 1942 yilgacha u iqtidorli bolalar maktabida o‘qigan, 1943 yilda ko‘ngilli ravishda urushga ketgan. 1945 yili Avstriyadagi janglardani birida kichik leytenant Neizvestniy og‘ir yaralangan.

1947–1954 yillarda u V. I. Surikov nomidagi Moskva badiiy san'at institutida tahsil olgan, u shu yillar davomida paralllel ravishda MDUning falsafa fakultetidagi ma'ruzalarga qatnab yurgan.

Neizvestniy yaratgan asarlar orasida eng mashhuri - "Prometey". Shuningdek, "Gigantomaxiya" (1958), "Dostoyevskiy qiyofalari" (1963), "Dante" (1966) kabi asarlari yaxshi kutib olingan.

U 1976 yili Shveytsariyaga, 1977 yili esa AQShga ko‘chib o‘tadi.

Ernst Neizvestniy — Davlat mukofoti laureati. U keyingi yillarda Nyu-Yorkda yashab, ijod qilib kelmoqda edi.

Top