20:39 / 10.08.2016
6235

AQShning har beshinchi respublikachisi Trampning prezidentlik poygasidan chiqishi tarafdori

Foto: fontanka.ru

AQShda qayd qilingan barcha respublikachilarning 19 foizi, ya'ni har beshinchisi milliarder Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kurashdan chiqib ketishi kerakligini aytmoqda.

Bundan Ipsos xalqaro ijtimoiy markazi va Reuters axborot agentligi o‘tkazgan so‘rovnoma ma'lumotlari darak bermoqda.

So‘rovnoma 5-8 avgust kunlari o‘tkazildi va unda 396 respublikachi ishtirok etdi. Statistik xatolik 6 foizni tashkil qiladi.

Shu bilan birga Ipsos xalqaro ijtimoiy markazi va Reuters axborot agentligi demokratlar va respublikachilar o‘rtasida o‘tkazgan boshqa so‘rovnoma ulardan 44 foizi Trampning kurashdan chiqib ketishini qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatmoqda. So‘rovnoma 8 avgustda o‘tkazilgan va unda 1162 respondent ishtirok etgan.

Top