19:26 / 10.08.2016
5657

Hyundai kompaniyasi i30ning yangi dizaynini namoyish etdi

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi uchinchi avlod i30ning tashqi ko‘rinishiga oydinlik kirituvchi videolavhani namoyish etdi. Uning rasmiy taqdimoti Janubiy Koreyada 7-sentabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Dunyo bo‘yicha ilk taqdimoti oktabr oyida Parij avtoshousi doirasida tashkil etiladi. 
 
Videolavhaga ko‘ra, Hyundai i30ning radiator qafasi o‘zgargan. Bosh yoritqich chiroqlari birmuncha uzaytirilgan, undagi diodli chiroqlar shakli ham o‘zgartirilgan. 

Kuzovning orqa tomoni yangi avlod Tucson krossoveri uslubida ishlab chiqariladi. 

Shuningdek, Hyundai i30ning maxsus «kuchaytirilgan» namunasi ham paydo bo‘ladi. U, N subrendining yangi mahsuloti hisoblanadi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, old g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan xot-xetchga ikki litr hajmli, 260 ot kuchini beruvchi «turboto‘rtlik» motor o‘rnatiladi. 

Uning eng kuchli to‘plami 2017-yilda paydo bo‘ladi hamda 6 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan taklif etiladi. U, 2018-yildan «avtomat» uzatmalar qutisiga ega bo‘ladi. Keyinchalik uning barcha g‘ildiraklarini yetakchi qilishlari ham mumkin.

 

Top