18:46 / 10.08.2016
4067

OAV: Pekin 2020-yilga kelib zaharli tutunlardan qutulmoqchi

Foto: tass.ru

Xitoy poytaxti ma'muriyati zaharli tutun va gazlardan 2020-yilga kelib batamom xalos bo‘lishni rejalashtirmoqda, deb xabar yozmoqda "Beytszin tsinnyanbao" gazetasi.

"Hozirda havoning sifatini kuzatib boryapmiz. O‘tgan yili bir kub metr havodagi PM 2.5 zaharli zarralari 61 mikrogrammni tashkil etgan. Kelasi yili bu raqam 50 mikrogrammga tushadi, 2020-yilda me'yorga keladi", - degan Pekin ma'muriyati vakili Mu Pen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vazifani ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish va yashil o‘simliklar sonini ko‘paytirish evaziga uddalash rejalashtirilgan. 

Nashrning qayd etishicha, Xitoy poytaxti hokimiyati shahar havosini yaxshilash dasturiga 16,5 mlrd yuan (2,57 mlrd dollarga yaqin) mablag‘ ajratgan. Dasturda, ko‘mir iste'molini kamaytirish va ekologik talablarga mos kelmaydigan eski transport vositalarini almashtirish ko‘zda tutilgan.

Top