18:48 / 10.08.2016
10756

Rio-2016, dzyudo. Gulnoza Matniyozova ilk bellashuvda yutqazib, turnirdan chiqib ketdi

Foto: Olympic.uz

Olimpiada o‘yinlarining ayollar o‘rtasidagi dzyudo bahslarida ilk bor O‘zbekiston vakili ishtirok etdi. 70 kg vazn toifasidagi ayol sportchilar o‘zaro bellashuvlardan birida o‘zbekistonlik Gulnoza Matniyozova polshalik Katarzyana Klizga qarshi tatamiga chiqdi.

Bu bahsning asosiy vaqtida ikki sportchiga ham bittadan ogohlantirish berildi.

Oltin ochko uchun kechgan qo‘shimcha bo‘limlarda raqib sportchisi biroz faolroq harakat qildi. Natijada referi Gulnozani passiv harakati uchun ogohlantirdi va g‘alabani raqibga berdi.

Matniyozova musobaqa bilan xayrlashdi.

Top