19:26 / 10.08.2016
10243

Rio-2016, dzyudo. Sherali Jo‘rayev shvetsiyalik Markus Nimanga "ippon" bahosi bilan yutqazdi

Foto: Olympic.uz

Rio-2016 olimpiadasining dzyudo turnirida 90 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sherali Jo‘rayev ikkinchi bahsini shvetsiyalik Markus Nimanga qarshi o‘tkazdi.

Dunyo reytingida 4-o‘rinda qayd etilgan Markus Niman Olimpiadadagi ishtirokini saralash bosqichidan ozod etilgan holda 1/16 finaldan boshlagandi. Jo‘rayev esa turnirdagi ilk bahsini jazoirlik Abdurahmon Benamadiga qarshi o‘tkazib, "shido" (ogohlantirish) kamligi evaziga g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga o‘tgandi.

Uning kuchli raqibga qarshi bahsida Shvetsiya vakili "ippon" bahosi bilan g‘olib chiqdi va nimchorak finalga yo‘llanma oldi.

Jo‘rayev dastlab "yuko" bahosini ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo oradan ko‘p o‘tmasdan yevropalik sportchi parterda yaxshi ishladi va Sheralini ushlash holatiga tushirdi. Jo‘rayev raqibning oyoqlari orasi va qo‘llaridan chiqib keta olmadi.

Top