20:18 / 11.08.2016
6426

APLning yana bir jamoasi xitoyliklar qo‘liga o‘tishi mumkin

Xitoylik investorlar «Hall Siti» jamoasini qo‘lga kiritishga hozirlanishmoqda.

The Guardian xabarida aytilishicha, Osiyodagi konsorsium bu klub rahbari Ehab Allamga rasman taklif yuborgan va tomonlar muzokaralarni boshlashgan.

Savdo qiymati qanchani tashkil etishi haqida hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q.

Qayd etish kerakki, bu jamoa o‘tgan mavsumda chempionshipda harakat qilgandi va o‘tish o‘yinlaridan keyin APLga qaytdi. Hozirda jamoaga bosh murabbiy tayinlanmagan.

Muxlislar rahbariyat siyosatidan norozi va buni bir necha marta ifodalashdi.

Ma'lumot uchun, shu yil yozida Angliyadagi "Aston Villa", "Vulverhempton" va "Vest Bromvich" klublari ham xitoyliklar qo‘liga o‘tgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top