18:49 / 11.08.2016
5216

Formula-1 pilotlari Mercedes-Benz yuk mashinasini sinovdan o‘tkazdi

Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobilsozlik kompaniyasi Formula-1 poygachilari Actros yuk mashinasini aravasi bilan birga boshqarayotgani aks etgan videolavhani namoyish etdi. Shunga o‘xshash videolavhani iyul oyi oxirida Shell kompaniyasi ham namoyish etgandi. Unda, Ferrari jamoasi poygachisi Sebastyan Fettel «tez yordam» mashinasi haydovchisi bilan mashina harakatlanayotgan vaqtda o‘rin almashgandi.

Poyga maydonining turargohida o‘tkazilgan sinov jarayonida Actros yuk mashinasini Niko Rosberg (Mercedes-AMG), Niko Xyulkenberg (Force India) va Paskal Verlyayn (Manor) boshqarib ko‘rgan. Ular, bir nechta mashqlarni bajargan, xususan, «ilon izi» va mashinani orqaga harakatlantirib joylashtirishgan hamda o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashganlar. 

Rosberg qayrilib olish va turargohga joylashtirishdan boshqa boshqaruvni yengil deya baholagan bo‘lsa, Xyulkenbreg yuk mashinalarini boshqarish malakasiga ega ekani, chunki oilasining yuk tashuvchi firmasi borligini bildirgan. Verlyayn esa, Formula-1 jamoalari poyga uchun ehtiyot qismlarini yuk mashinalarida olib kelishini eslatib qo‘ygan.

Top