11:55 / 11.08.2016
6155

Hindistonlik kriket yulduziga sher bilan selfi tushgani uchun jarima solindi

Hindistonlik kriketchi Ravindra Jadeja safari-parkidagi sher bilan selfi tushgani uchun jarimaga tortildi. OAVning xabar berishicha, ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘lgan surat sportchining Instagram akkauntida e'lon qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, Jadeja safari-park qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Tashrif buyuruvchilarga yovvoiy hayvonlar sayr qilib yuradigan park hududida avtomobillardan tushish taqiqlanadi. 

Sportchi surat ostida quyidagicha izoh qoldirgan: «Jasur bo‘l, kuchli bo‘l». U o‘z postida #idontcare («Menga baribir») xeshtegini ilova qilgan. Ayrimlar uning bu harakatini olqishlagan, boshqalar esa hayotini xavf ostida qoldirganlikda ayblagan.

Safari-parki ma'muriyati Jadeja bilan bog‘lana olmagan. Shu sabab 20 ming rupiy (300 dollar atrofida) jarimani uning o‘gay otasi to‘lagan. Bundan tashqari, sportchining ota-onasi uning nomidan tushuntirish xati yozishgan.

Top