16:30 / 11.08.2016
6654

iPhone 7 smartfonining taqdimot sanasiga oydinlik kiritildi

Amerikaning Apple kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni iPhone 7ni 2016-yil 7-sentabr kuniyoq ommaga oshkor qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayangan holda. 

Eslatib o‘tamiz, iPhone 6 va 6S’larning taqdimoti ham sentabr oyida o‘tkazilgan edi. Ularning savdosi 19 va 25-sentabrdan boshlangandi. iPhone 7 telefoni esa, 16-sentabrdanoq savdo peshtaxtalarida paydo bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, Apple kompaniyasi shu kuni o‘zining yana bir yangi avlod mahsuloti Macbook Pro’ni ham namoyish etishi mumkin. Uning dizayni yangilanib, klaviaturasining ustki qismiga sensorli panel o‘rnatilgan. Biroq, agentlik bu xabarni inkor etib, yangi noutbuk boshqa kuni taqdim etilishini ta'kidlagan. 

Shu kuni Sony kompaniyasi ham Nyu-Yorkda o‘zining yangi avlod PS4 Neo o‘yin qurilmasini taqdim etishi kutilmoqda.

 

Top