11:05 / 11.08.2016
7742

Marselo suriyalik bolalarni xursand qildi

Madridning «Real» jamoasi braziliyalik himoyachisi UYeFA Superkubogi uchun «Sevilya»ga qarshi kechgan bahsdan keyin xayrli ishga qo‘l urdi.

Marselo suriyalik 2 nafar qochqin bolani baxtiyor qilgan. U nogironlar aravachasidagi bolalar oldiga kelib, ularning kepkasiga imzosini qoldirgan va ularga o‘z butsalarini bergan.

Bundan oldinroq «Qirollik klubi» futbolchilari Marselo boshchiligida bosh murabbiy Zaynidin Zidanning matbuot anjumani o‘tayotgan zalga kirib kelib, xursandchilik qilishgani xabar qilingandi.

Top