21:32 / 11.08.2016
13136

Rio-2016. Shahram G‘iyosov chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov bugun 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida nimchorak final bosqichidagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Litvalik Stanionis Eimantasga qarshi ringga ko‘tarilgan Shahram G‘iyosov hakamlar bahosiga ko‘ra 3 raundda ham raqibdan ustun keldi - 29:28, 30:27, 30:27.

Birinchi bosqichda Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan G‘iyosov ispaniyalik Yuba Sissokoga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. 

U endi chorak finalda ishtirokini davom ettiradi (13 avgust kuni). Uning bu bosqichdagi raqibi Armaniston va Kuba vakillari o‘rtasidagi jangda aniqlandi. Bu jangda kubalik Iglesias Roniyel g‘olib bo‘ldi.

 

 

Top