22:49 / 11.08.2016
7316

Samsung 32 Tbayt li qattiq disk yaratdi

Samsung Electronics kompaniyasi Santa-Klaradagi (Kaliforniya, AQSh) Flash Memory Summit 2016 tadbirida 32 Tbayt li qattiq disk (SSD) taqdim qildi. 

Ma'lum qilinishicha, disk 512 Gb li, 4 avlod xotira flesh-chiplari Vertical NAND (V-NAND) asosida yaratilgan. V-NAND texnologiyasi flesh-xotira kristallarining vertikal bo‘yicha komponovka qilinishini ko‘zda tutadi: bu mikrochipning 3 o‘lchamli strukturasini olishga va maydon birligiga saqlanadigan ma'lumotning miqdorini bir necha barobar oshirishga imkon beradi.

Yangi diskda 16 ta qatlamga birlashtirilgan 512 ta V-NAND chipi qo‘llangan. Yig‘indida ular 32 Tbayt lik xotira beradi. 

Disk 2,5 dyuym o‘lchamdagi shaklda bajarilgan; uni ulash uchun Serial Attached SCSI (SAS) interfeysi qo‘llanadi. Qurilma korporativ sinfdagi qurilmalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Diskni ommaviy ravishda keyingi yildan ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Uning narxi haqida hozircha ma'lumot berilmagan.

 

Top