12:25 / 11.08.2016
24985

Shok video: Sher jonli efirda bolaga tashlandi

Meksika televideniyeda jonli efir orqali uzatilayotgan ko‘rsatuv chog‘ida sher kutilmaganda kichik qizchaga tashlanib qoldi. The Sun'ga ko‘ra, bu voqea Meksikadagi ayollarga bag‘ishlangan ko‘rsatuv paytida sodir bo‘lgan. 

Ko‘rsatuv boshida boshlovchi, qizcha va onasi, yosh sher hamda ikki  murabbiy o‘tirishganini ko‘rish mumkin. Qizcha bezovtalana boshlagan. Yirtqich hayvon bolaga yaqin masofada o‘tirgan bo‘lgan va birdaniga unga tashlanib, qizchaning oyog‘idan panjalari bilan torta boshlagan. Qizcha qo‘rqib ketganidan baland ovozda yig‘lay boshladi.  Uni ushlab o‘tirgan onasi va yonidagi ayol qizchani tortib olishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Ushbu vaziyatda qizchaning onasi o‘zini qanday xotirjam tutganligi ko‘pchilikning e'tiroziga sabab bo‘ldi. Diqqat bilan tomosha qilsangiz, murabbiylar unga o‘zini shunday tutishni maslahat berishganiga guvoh bo‘lasiz. "Qimirlamang, o‘zingizni xotirjam tuting, tinchlaning", -  deydi murabbiylardan biri qizchaning onasiga. 

Eng asosiysi, qizchaga ziyon yetmadi. Murabbiylarning so‘zlariga ko‘ra, sher shunchaki qizcha bilan o‘ynagisi kelgan. 

Manbaga ko‘ra, bu ko‘rsatuv suratga olinganiga bir necha yil bo‘lgan, lekin ijtimoiy tarmoqlarda endi tarqalmoqda. 


 

Top