17:11 / 11.08.2016
6112

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 55-o‘ringa ko‘tarildi

Bugun FIFA terma jamoalarning avgust oyi reytingini e'lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasi 560 ochko bilan bir pog‘ona yuqorilab, 55-o‘ringa ko‘tarildi.

Umumiy jadvalda ko‘tarilgan bo‘lsak-da, Osiyoda bir pog‘ona pastladik va Yaponiya terma jamoasini o‘tkazib yubordik.

Osiyo bo‘yicha kuchli beshlik quyidagicha:

674 – Eron
609 – Janubiy Koreya
595 – Yaponiya
560 – O‘zbekiston
549 – Avstraliya

Umumiy hisob bo‘yicha FIFA reytingini Argentina terma jamoasi boshqarib bormoqda.

1585 – Argentina
1401 – Belgiya
1331 – Kolumbiya
1319 – Germaniya
1316 – Chili

Top