10:43 / 12.08.2016
5394

Berluskoni "Milan" muxlislariga murojaat qildi

"Milan" prezidenti Silvio Berluskoni jamoa muxlislariga jamoaning sotilishi munosabati bilan murojaat qildi.

O‘tgan haftada klub aksiyalarining 99,93 foizlik qismi xitoylik investorlarga o‘tishi ma'lum bo‘lgandi. Xitoyliklar Berluskoni tomonidan asos solingan Fininvest kompaniyasiga 740 mln yevro to‘lashadi. Ular shuningdek klubning 220 mln yevro miqdoridagi qarzlarini yopib, jamoa rivojlanishi uchun 3 yil davomida 350 mln yevro investitsiya kiritishadi. Yakuniy kelishuv noyabr oyida imzolanishi kutilmoqda.

"30 yil avval men "Milan"ni mehr bilan sotib olgan edim. Endi uni o‘sha mehr bilan sotyapman. Men klubni unga jiddiy mablag‘ sarflaydigan guruhga ishondim. Endi jamoa yana dunyoning eng kuchli jamoalari bilan raqobatlasha oladigan bo‘ladi. 

Albatta, qayg‘udaman. Lekin meni xotirjam qiladigan jihat ham bor, bu qaror "Milan" foydasi uchun xizmat qiladi. Men jamoamizning eng sodiq muxlisi bo‘lib qolaman.

Bu 30 yillar qalbimda qoladi. Bu xotiralarni hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Men ishonamanki, tez orada "Milan"ning yangi muvaffaqiyatlarini nishonlaymiz. "Rossoneri"larning har bir muxlisini quchib qolaman", degan u.

Manba: Tribuna.uz

Top