14:30 / 12.08.2016
10792

“Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali ishtirokchilari uchun Prezident asarlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Istqilol farzandlari” yoshlari festivalining 3-kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezidentimiz Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”, “Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi” va “Hayot sinovlariga toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir” kitoblarining taqdimoti bilan boshlandi.

Ma'ruzachilar mazkur kitoblarga oid boblar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Prezidentimiz Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog'ida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 25 yil davomida mamlakatimizning taraqqiyot yo‘lini tahlil qilar ekan, ma'naviy, huquqiy, iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlar va oldinda turgan rejalar xususida atroflicha to‘xtaldi. Ijtimoiy hayotda yoshlarning o‘rni yuqori darajada ekanligini alohida ta'kidlab, yana bir karra ularga ishonch bildirdi.

- 25 yillik istiqlol davriga nazar tashlar ekanmiz, avvalo o‘zimizga hayot haqiqati bo‘lgan - "Kecha kim edigi, bugun kim bo‘ldik? " degan savolni berib ko‘rishimiz kerak, - deydi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Mannon Aliyev. - Yaqin yillarda qurib bitkazilgan Qoraqalpog'istondagi qiymati 4 mlrd 200 mln dollarlik Surgil gaz kimyo kompleksining yil loyihasi, 19 kmli Angren - Pop temir yo‘lining asr mo‘jizasi deya xalqaro e'tirof etilishi munosib javobdir.

Ma'ruzalarda deputatlar o‘z taqdimotlari orqali Prezident asarlarini raqamlarda festival ishtirokchilariga yetkazib berishdi. Yoshlar ma'ruzlardan katta ma'naviy ozuqa olish barobarida, kitobda e'tirof etilgan statistikalarning amaliy ifodasini teran mushohada etishdi.

- Haqiqatdan asar hayotbaxsh qudratga ega, - deydi Taekwondo ITEF bo‘yicha Osiyo chempioni Saidbek Farmonov. - Chunki unda mamlakatimizning o‘tmishi, buguni va kelajagi aks etgan.

Prezident asarlarining har bobi tahlil etilar ekan, undagi har bir so‘zida xalqimizning asriy orzulari aks etganligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Top