17:32 / 12.08.2016
2880

Yil boshidan beri O‘rta yer dengizi orqali 264 mingdan ziyod muhojir Yevropaga kelgan

2016 yil boshidan beri O‘rta yer dengizi orqali 264 mingdan ziyod muhojir va qochqin Yevropaga kelgan. Ulardan 3,1 mingdan ziyodi yo‘lda izsiz g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) xabar bermoqda.

XMT ma'lumotiga ko‘ra, 1 yanvardan 12 avgustga qadar bo‘lgan vaqtda Yevropaga umumiy hisobda 264 513 nafar odam kelgan. Halok bo‘lgan va izsiz yo‘qolganlarning soni 3151 kishini tashkil etgan.

Yil boshidan beri Gretsiyaga 161 232 nafar, Italiyaga 100 777 nafar, Ispaniyaga 2476 nafar, Kiprga 28 nafar muhojir va qochqin borgan.

2015 yil yoz mavsumi hisob-kitoblariga qaraganda, 2016 yilda muhojir va qochqinlar oqimi kamayganligini kuzatish mumkin. Masalan, joriy yil iyun oyida 20 ming, iyul oyida 32,5 ming nafar muhojir va qochqin Yevropaga kelgan bo‘lsa, o‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich iyunda 54 mingni, iyulda 78 mingni tashkil etgan edi.

Top