18:00 / 12.08.2016
5369

Lenovo 48 terabaytli SSD-to‘plagichlarni ishlab chiqarmoqda

Ijtimoiy tarmoq manbalari xabarlarga ko‘ra, Lenovo kompaniyasi 48 terabayt ma'lumotni sig‘dira oladigan SSD-to‘plagich qurilmasini loyihalashtirmoqda. Bu haqida 3D News xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, qurilma bir necha yuqori unumli SSD'larni o‘zida jamlaydi. Gap korpus qalinligi 15 mm bo‘lgan 2,5 dyuymli form-faktor haqida ketmoqda. 

Yangi qurilmani ishlab chiqarishda Lenovo'ga Seagate, Toshiba, NxGn Data va Amphenol kompaniyalari yordam berishmoqda.  48 terabaytli to‘plagich keyingi yilning o‘rtalarida rasman taqdim etiladi. Uni korporativ tasnif tizimlarida, xususan, katta ma'lumotlar bazasi yoki tahliliy platformalar serverlarida qo‘llash mumkin. 

 

Top