14:17 / 12.08.2016
16157

Moskva yaqinida 16 yoshli o‘zbekistonlik chaqalog‘ini 150 ming rublga sotishga uringanida ushlandi

Moskva viloyatida voyaga yetmagan o‘zbekistonlikning o‘z chaqalog‘ini sotishga urinishi holati bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining Moskva viloyatidagi boshqarmasi saytida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqaroligiga ega 16 yoshli qiz internetga chaqaloqning sotilishi haqida e'lon joylashtirgan. Uning farzandini Samara viloyatida istiqomat qiluvchi 22 yoshl ayol sotib olishga rozi bo‘lgan. Tomonlar chaqaloqning 150 ming rublga sotilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ikki tomonga ham tegishlicha ayblov qo‘yilgan. Ular tergov jarayonida o‘z qilmishlariga iqror bo‘lishgan.

Ayni vaqtda tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Top