20:52 / 12.08.2016
36331

Ramzon Qodirov qo‘shiqchi Nargizni mehmonga taklif qildi

Rossiya televideniyesida efirga uzatiladigan "Golos" shousi ishtirokchisi, sobiq o‘zbekistonlik xonanda Nargiz Zokirova Facebook’dagi sahifasida Ramzon Qodirovnikida mehmon bo‘lganini ma'lum qildi. Qo‘shiqchi o‘z xabariga Qodirov bilan birga tushgan suratini ilova qilgan.   

Checheniston rahbarining qarorgohida olingan suratlardan birida o‘zining ochiq kiyinishi bilan taniqli bo‘lgan Nargiz uzun ko‘ylakda, boshida hijobga o‘xshatib o‘ralgan ro‘mol bilan suratga tushgan. Qo‘shiqchi Chechenistonga tashrifi sabablarini ma'lum qilmagan.

"Men siz bizga uyushtirgan hashamatli qabul uchun cheksiz minnatdorman, men sizning ajoyib xalqingiz, madaniyatingiz va an'analaringiz bilan umrbod qadrdonlashdim. Sizning yeringizda men o‘zimni uyimdagidek his qildim", deb yozdi Nargiz.  

Eslatib o‘tamiz, Nargiz  Zokirova Toshkentda tug‘ilgan. 1995 yilda AQShga ko‘chib ketgan. U 2014 yilda "Golos" musobaqasining g‘olibi bo‘lgandan keyin el og‘ziga tushgan.

 

Top