19:23 / 12.08.2016
7888

Rio-2016, yengil atletika. Yekaterina Voronina ko‘pkurash bahslariga kirishdi

Foto: stadion.uz

Bugun Rio—2016 Olimpiadasining yettikurash musobaqalari boshlandi.  

Ayollar yengil atletikaning yettida yo‘nalishida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishadi. Hozirgina atletlar 4ta guruhga bo‘lingan holda birinchi yo‘nalish — 100 metrga to‘siqlar osha yugurish mashqlarini bajarishdi. 

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Yekaterina Voronina birinchi shartda so‘nggi o‘rinni egalladi. U 15,21 soniyalik natija ko‘rsatib, 814 ball ishladi va hozircha so‘nggi o‘rinda. Bu guruhda vengriyalik Georgi Farkash 13,79 soniya natija bilan birinchi o‘rinni band etdi. 

31 sportchidan bir nafari finishgacha yetib kela olmadi va ko‘pkurashni tark etdi. Buyuk britaniyalik Ennis-Xill Jyessika yugurish mashqi uchun 1149 ball bilan peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

Voroninani oldinda yettikurashning qolgan 6 sharti kutib turibdi. Keyingi musobaqa balandlikka sakrash bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Top