09:32 / 12.08.2016
15030

Rio-2016 kundaligi. AQSh, Xitoy va Yaponiya kuchli uchlikni tashkil qilmoqda, Rossiya 7-o‘rinda

Rio-2016 olimpiadasining oltinchi kuni yakunlandi. Bu kuni 20ta medallar shodasi o‘ynaldi.

Ayni paytga kelib medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadamlikni davom ettirmoqda - 38ta (16-12-10). Xitoy ikkinchi o‘rinda - 30ta (11-8-11). Yaponiya terma jamoasi a'zolari bu kuni 1ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza olib (7-2-12) Avstraliya terma jamoasini ortda qoldirgan holda (5-4-6) uchlikdan o‘rin olgan.

Rossiya hisobidagi medallar soni 19ta (4-8-7).

Kun voqeiligi Fiji regbichilari terma jamoa tarixidagi ilk Olimpiada oltin medalini olib kelishgani bo‘ldi. Riodagi Olimpiadada regbi-7 sport turi bo‘yicha eraklar o‘rtasidagi musobaqa finalida Fiji terma jamoasi Buyuk Britaniya terma jamoasini 43:7 hisobida yengdi.

Ayni vaqtga kelib medal olgan terma jamoalar soni 56taga yetdi. O‘zbekiston 2ta bronza medal bilan 48-o‘rinda qolmoqda.

 

 

Top