09:53 / 12.08.2016
5418

Rio-2016, stol tennisi. Xitoylik Ma Lun xitoylik Chjan Tszikeni yengib, oltin medalga ega bo‘ldi

7 karra jahon chempioni va 2012 yilgi olimpiadada jamoaviy bahslarda oltin medalga ega bo‘lgan xitoylik Ma Lun Rio-de-Janeyrodadagi Olimpiadaning stol tennisi bo‘yicha bahslarida tengsiz bo‘ldi.

Ma Lun finalda o‘z vatandoshi, 2012 yilgi Olimpiadada yakkalik va juftlik bahslarida chempion bo‘lgan Chjan Tszikeni 14:12, 11:5, 11:4, 11:4 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bronza medali uchnu bahsda yaponiyalik Dzyun Midzutani Belarus vakili Vladimir Samsonovdan ustun keldi — 11:4, 11:9, 6:11, 14:12, 11:8.

Top