18:28 / 12.08.2016
5495

Turkiya TIV: Harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin xorijdagi diplomatlarning 32 nafari qochqinga aylandi

Turkiya hukumati harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin 208 nafar diplomatni mamlakatga chaqirtirib olgan. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavldu Chovusho‘g‘lining Anqaradagi matbuot anjumani vaqtidagi bayonotiga asoslangan holda Reuters xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, yana 32 nafar diplomat vatanga qaytmagan va hukumatdan qochib yuribdi.

Chovusho‘g‘lining qo‘shimcha qilishicha, AQShdan isyon tashkilotchiligida ayblanayotgan Fathulloh Gulenning ekstraditsiyasi bo‘yicha "ijobiy signallar" olingan.

Bundan oldinroq, Turkiyaning Bangladeshdagi elchixonasi xodimlaridan biri Rossiyaga, yana biri AQShga qochib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Top