11:56 / 13.08.2016
6037

Halabdagi otishmalar natijasida 100 dan ziyod tinch aholi vakili halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Avgust oyi boshidan beri Halabdagi otishmalar natijasida 100 dan ziyod tinch aholi vakili halok bo‘ldi. 700 nafari turli darajada jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari ma'lum qilgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, eng katta qirg‘inlar shahar janubidagi Al Xamadaniya tumanida kuzatilgan.

Ma'lum qilinishicha, qurbon bo‘lganlarning aksari ayollar va bolalarni tashkil qilmoqda.

Top