07:30 / 13.08.2016
6527

Apple kompaniyasi Samsung chiplaridan voz kechishga qaror qildi

Apple iPhone 7 smartfoni va ikkinchi avloddagi Apple Watch soatlari endi Tayvanning TSMC kompaniyasi chiplarida ishlaydi.

Hozircha Apple qurilmalarida ham Samsung’ning, ham TSMC’ning chiplari ishlatilmoqda. Tayvanning Central News Agency nashrining xabar berishicha, Apple’da TSMC foydasiga yakuniy qaror chiqarilgan.

Tayvan kompaniyasi yangi smartfon va planshetlar uchun A10 protsessorini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning Apple Watch uchun chiqaradigan chiplarida esa 16-nm li texnologik jarayon qo‘llanadi.

Top