15:03 / 13.08.2016
4233

Xitoyda egizak pandalar dunyoga keldi

Xitoyda so‘nggi ikki oydagi o‘n uchinchi egizak pandalar dunyoga keldi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Sichuan viloyati Chendu shahridagi ulkan pandalarni ko‘paytirish markazi xodimlarining ma'lum qilishicha, 179 grammli erkak va 89 gramm vazndagi urg‘ochi pandalarni Ya shin nomli panda dunyoga keltirgan. U, 2014-yilda ham egizak pandaga onalik qilgandi. 

Bu esa, oxirgi ikki oyda mazkur markazda dunyoga kelgan to‘qqizinchi, butun mamlakat bo‘yicha o‘n uchinchi egizak pandalardir. 

Sinxua agentligiga ko‘ra, 2015-yil oxiriga kelib Xitoyda 1864ta panda yovvoyi tabiatda istiqomat qilib kelgan. O‘tgan yili qo‘riqxonalarda 43ta panda tug‘ilgan, ularning 14tasi egazak bo‘lgan.

Top