07:51 / 13.08.2016
9656

Qirg‘izistonda maktabdayoq muhojirlikka tayyorlash taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston maktablarida bo‘lg‘usi mehnat muhojirlari darajasini yaxshilash uchun yuqori sinf o‘quvchilari uchun texnik ta'lim darslarini kiritish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston migratsiya xizmati rahbari o‘rinbosari Almazbek Asanbayev matbuot-anjumanda aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, ushbu dastur Qirg‘iziston ta'lim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilmoqda. "Pul topgani xorijga ko‘pincha maktab bitiruvchilari ketishi hisobga olinsa, ular biror kasbga ega bo‘lmaganliklari ularga pand beradi. Shuning uchun yuqori sinflar o‘quvchilari o‘rganadigan biror texnik mutaxassislik bo‘lishi kerak", deb aytdi Asanbayev.

U ishlash uchun misol qilib Yaqin Sharq davlatlarini keltirdi. Bu davlatlarda kichik tibbiy xodimlar yetishmaydi. "Bizning mehnat muhojirlarimizning yarmi yoshlar va ulardan 14 foizi qizlar ekanligini hisobga olib, biz qizlar bunday davlatlarda hamshira bo‘lib ishlay olishlari uchun ularni hamshiralik ishiga o‘qitishni taklif qilmoqdamiz. U yerda hamshiralarning oyligi 1500-2000 dollarni tashkil qiladi. Shifokorlar kabi bilimli, madaniyatli odamlar orasida ishlash idish-tovoq yuvishdan ancha yaxshiroqdir", deb aytdi Asanbayev. 

Asanbayev vazirlik mehnat muhojirlarini Qirg‘izistondan ishga bunday jo‘natish yo‘nalishi rivojlantirilayotganini aytdi. "Bu ishchi kuchining marketingi deb ataladi va biz uning yordamida nafaqat an'anaviy Rossiya, Qozog‘iston bilan, balki Yaponiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaqin Sharq davlatlari – Bahrayn, Qatar, BAA bilan ishlamoqchimiz", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Asanbayev.

Top