00:30 / 13.08.2016
6115

Obama ta'tilda o‘qiydigan kitoblari nomlarini ma'lum qildi

Foto: rbc.ru

AQSh prezidenti Barak Obama Martas-Vin'yard oroliga ikki haftalik ta'tilida o‘zi bilan birga oladigan 5 ta kitob nomini aytdi, deb xabar bermoqda CNN.

Ta'kidlanishicha, u mutolaa qilgani o‘zi bilan birga britaniyalik yozuvchi Pola Xokinsning "Poyezddagi qiz" psixologik trillerini, Kolson Uaytxedning  afroamerikalik ayolning hayoti haqidagi "Yer osti temir yo‘li" kitobini, Costa britan mukofotini olgan Xelen Makdonaldning "Men lochinman" kitobini, Nil Stivensonning "Yetti Yeva" fantastik romani va 2016 yilda eng yaxshi avtobiografiya uchun Pulittser mukofotini olgan Uilyam Finneganning "Yovvoyi kunlar: serfyor hayoti" kitobini oldi.

Top