13:00 / 13.08.2016
5382

Raneri: «Mahrez «Lester»dan ketishini aytsa, men uni bo‘g‘ib o‘ldirardim»

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri yarim himoyachi Riyoz Mahrezni ketishi to‘g‘risidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

«Riyad biz bilan birga. U menga jamoadan ketishi borasida gapirmagan. Agar u ketishini aytganida, men uni bo‘g‘ib o‘ldirgan bo‘lardim. Mahrezning bugungi kundagi holati juda yaxshi. Nazarimda, unga ko‘proq to‘pni oshirish kerak bo‘ladi. Agar hech kim u bilan shunday o‘yin ko‘rsatmasa, men buni zaxira o‘rindig‘i orqali bajaraman», - deydi Raneri Mirror nashriga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, Riyoz Mahrezga «Arsenal» tomonidan qiziqish bo‘lmoqda. Mahrez APLning o‘tgan mavsumida 37 uchrashuvda 17ta gol urgan va 11 golga uzatma oshirgan.

Manba: Tribuna.Uz

Top