21:48 / 14.08.2016
8060

Amerikalik suzuvchi o‘g‘rilik qurboniga aylandi

Foto: Globallookpress

Rio-de-Janeyroda Olimpiada oltin medalini olgan AQShlik suzuvchi Rayan Loxte g‘alabasining ertasiga o‘g‘rilar qurboniga aylandi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda. 

Suzuvchi 3 nafar jamoadoshi bilan kechaga borgan. Ularga qurollangan kimsa hujum qilgan. Jinoyatchi Loxteni to‘pponcha bilan nishonga olgan holda, uni tunab ketgan.

Hozirda suzuvchiga hech narsa xavf solmayapti.

Rioda sportchilarni tunash va ularga hujum qilish miqdori borgan sari ortib bormoqda. 11 avgustda rossiyalik suzuvchi Yevgeniy Korotishkin restorandan qaytayotganda unga ikki jinoyatchi hujum qilib, uning yonidagi barcha narsani o‘g‘rilab ketgandi.

Bir kun avval esa belgiyalik dzyudochi Dirk van Tixeltdan plyajda telefoni tortib olingan. U telefonini qaytib olmoqchi bo‘lganda yuzidan musht yegan.

Top